JurnalistAI
O‘zbekistondagi birinchi sun’iy intellektga asoslangan jurnalistika platformasi
Loyiha haqida
JurnalistAI – jurnalistlar va tahririyatlar uchun ishlab chiqilgan, sun’iy intellekt yordamida professional yangilik va tahliliy maqolalar tayyorlaydigan platforma. Loyihaning asosiy maqsadi – kontent ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish, jurnalistni muntazam, vaqt talab qiladigan ishlardan ozod qilib, uning e’tiborini ijodiy va tahliliy vazifalarga qaratishdan iborat. Platforma bir necha soniya ichida jurnalistik standartlarga mos, tayyor matn taqdim etadi.
Umumiy AI-chatbotlardan farqli o’laroq, JurnalistAI RAG (Retrieval-Augmented Generation) texnologiyasi asosida ishlaydi: til modeli rasmiy va tekshirilgan ma’lumotlar bazalariga bog’langan holda matn yaratadi. Bu “to’qib chiqarilgan” faktlar xavfini kamaytiradi, har bir maqolaning manbaga tayanishini ta’minlaydi va matnni tahririyat ish jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri qo’shishga tayyor holga keltiradi.
Platforma sohalarga ixtisoslashgan modullardan tashkil topgan. Faol ishlayotgan LexNewsAI moduli normativ-huquqiy hujjatlarni kuzatib boradi va murakkab qonunchilik matnlarini keng o’quvchiga tushunarli maqolalarga aylantiradi. TahlilAI rasmiy ma’lumotlar bazalari asosida chuqur tahliliy materiallar, IlmiyAI esa so’nggi akademik tadqiqotlar asosida ilmiy-ommabop maqolalar tayyorlaydi. Kelgusida BizNewsAI, TechNewsAI va HealthNewsAI yo’nalishlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
MediaDesign jamoasi loyihaning g’oyasidan tortib to’liq ishga tushirilishigacha bo’lgan barcha bosqichlarni amalga oshirdi: mahsulot strategiyasi, UI/UX dizayn, backend va AI integratsiyasi, foydalanuvchi kabineti, tarif tizimi, blog va API hujjatlari. Natijada demo tarif orqali bepul sinab ko’rish mumkin bo’lgan, 24/7 avtomatik monitoring rejimida ishlovchi to’liq funksional SaaS-platforma yaratildi.
Boshqa ishlar
Barcha ishlar
Harvard Business Review kitoblari dizayni va sahifalash
Harvard Business Review nashrining o‘zbek tiliga tarjima qilingan uchta kitobi – “Yetakchilik”, “Strategiya” va “Kadrlarni boshqarish” nashrlarini sahifalash va bosma nashrga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

“Asoschi kundaligi” kitobi – sahifalash va nashrga tayyorlash
“Asoschi kundaligi” nomli nashrini sahifalash va bosma nashrga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

Folkceramic.uz
G‘ijduvon hunarmandchilik markazining mahsulotlar marketpleysi va veb-sayti.