Media Design Group

Biz haqimizda

Veb-saytlar, nashrlar, infografika va AI yechimlar bo‘yicha dizayn studiyasi. G‘oyadan tayyor mahsulotgacha.

Bizning hikoyamiz

Media Design Group – veb-saytlar yaratish, kitob va davriy nashrlarni sahifalash, infografika, grafik dizayn hamda sun’iy intellektga asoslangan yechimlar bilan shug‘ullanadigan dizayn studiyasi.

Loyiha mediadesign.uz nomi bilan mediadizayn, data jurnalistika va ma’lumotlar vizualizatsiyasi bo‘yicha bilim ulashadigan platforma sifatida boshlangan. Vaqt o‘tib, bu tajriba mijozlar uchun amaliy ishlarga aylandi: saytlar, kitoblar, gazeta va jurnallar, infografikalar va brend dizayni.

Bugun biz har bir loyihani g‘oyani muhokama qilishdan tortib tayyor mahsulotni topshirishgacha o‘zimiz bajaramiz. Media, dizayn va ma’lumotlar bilan ishlash tajribasini bir joyda birlashtirganimiz – asosiy ustunligimiz.

Maqsadimiz

Murakkab narsalarni oddiy, chiroyli va tushunarli qilish – xoh u sayt, kitob, hisobot yoki brend bo‘lsin.

Qadriyatlarimiz

Sifat va e’tibor

Har bir sahifa, har bir piksel muhim. Ishni o‘zimizga qilgandek bajaramiz.

Ochiqlik

Narxlar oldindan ma’lum, jarayon shaffof – kutilmagan to‘lovlar yo‘q.

Muddatga sodiqlik

Kelishilgan muddatni hurmat qilamiz va har bosqichda xabardor qilib boramiz.

Uzoq muddatli hamkorlik

Loyiha topshirilgandan keyin ham yordam beramiz va birga rivojlanamiz.

Nega aynan biz

Media, dizayn va texnologiya tajribasi bitta jamoada – loyihangiz uchun to‘liq yechim.

Loyihangiz bormi?

Vazifani yozing – narx va muddatni birga aniqlaymiz.

Loyihani muhokama qilish
  • Media, dizayn va ma’lumotlar – bir joyda

    Jurnalistika, sahifalash, vizualizatsiya va veb tajribasi bitta jamoada.

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot

    Vositachilarsiz – loyihangiz bo‘yicha bevosita ijrochi bilan gaplashasiz.

  • Zamonaviy vositalar va AI

    Ishni tezlashtiradigan va sifatini oshiradigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz.

  • Ikki tilda

    O‘zbek va ingliz tillarida materiallar tayyorlaymiz.

Ish jarayoni

Qanday ishlaymiz

  1. 01

    So‘rov

    Forma yoki Telegram orqali loyihangiz haqida yozasiz.

  2. 02

    Kelishuv

    Vazifa, narx va muddatni birga aniqlab olamiz.

  3. 03

    Dizayn

    Kelishilgan reja asosida ish boshlanadi.

  4. 04

    Tuzatishlar

    Fikringizni inobatga olib, ishni sayqallaymiz.

  5. 05

    Topshirish

    Tayyor fayllar yoki ishga tushirilgan sayt.

Jamoamiz

Loyihalarni asoschimiz shaxsan boshqaradi – siz har doim mas’ul shaxs bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaysiz.

  • JT

    Jasur TOJIBOYEV

    CEO, asoschi

    • Data jurnalist
    • Media dizayner
    • AI mutaxassis
  • Jamoa a’zosi

    Media Design Group

  • Siz ham jamoamiz a’zosi bo‘lishingiz mumkin

    Dizayn, sahifalash yoki ma’lumotlar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz – bizga yozing.