Media Design Group

iPhone smartfonlari 10 yil ichida odamlarga keraksiz bo‘lib qolishi mumkin

The Verge nashrining yozishicha, bu qiziqarli fikrlarni Apple’ning internet xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Eddi Kyu AQSHda o‘tayotgan sud eshituvlari chog‘ida aytib o‘tdi.

MMedia Design Group1 daqiqa o‘qish141 marta o‘qilgan

The Verge nashri ma’lumotlari

The Verge nashrining yozishicha, bu qiziqarli fikrlarni Apple’ning internet xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Eddi Kyu AQSHda o‘tayotgan sud eshituvlari chog‘ida aytib o‘tdi. AQSH hukumati Google’ning Apple’ga yillik 20 milliard dollar to‘lov evaziga iPhone’dagi asosiy qidiruv tizimi bo‘lib qolayotgan bitimni tergov qilmoqda. Bu borada fikr bildirar ekan, Apple vakili yangi texnologiyalar an’anaviy gadjetlar va qidiruv tizimlaridan voz kechilishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz neft kompaniyasi emasmiz, tish pastasi ham ishlab chiqarmaymiz – bular abadiy mavjud bo‘ladigan narsalar. Garchi bu g‘alati eshitilsa-da, ehtimol, sizga 10 yildan so‘ng iPhone kerak bo‘lmay qoladi”, dedi Kyu.

Uning fikricha, sun’iy intellekt iPhone’ni Apple tarixida bir vaqtlar eng katta daromad keltirgan gadjet – iPod kabi yo‘qolib ketishi mumkin:

“Biz iPod’ni o‘zimiz iPhone yordamida yo‘q qilgan edik”, deya esga oldi u.

Elektromobil bozoriga chiqishga urinish

Bugungi kunda iPhone Apple’ning asosiy daromad manbai bo‘lib qolmoqda va hozircha kompaniya unga teng muqobil topa olmagan. Elektromobil bozoriga chiqishga urinish loyihasi yopilish bilan yakunlandi, birinchi VR-garniturasi esa juda kam sotilmoqda. Ayni paytda Apple robototexnika ustida ishlamoqda va keyinchalik iPhone o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

Ayrim kompaniyalar allaqachon sun’iy intellektli gadjetlar yordamida smartfonlarni almashtirishga urinib ko‘rdi, lekin bu hozircha muvaffaqiyatli kechmadi. Masalan, Humane AI Pin nomli aqlli peyjer atigi bir yil “yashadi” va butunlay yopildi, Rabbit R1 foydalanuvchilarining 95 foizi esa qurilmadan foydalanishni to‘xtatdi.

  • #mediabiznes
  • #marketing

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringiz bilan ulashing.

Media Design Group

Veb-saytlar, kitob va davriy nashrlarni sahifalash, infografika, grafik dizayn va AI yechimlar.

Biz haqimizda