Media Design Group

Infografika va ma’lumotlar vizualizatsiyasi farqlari

Infografika oddiy so‘z bilan aytganda, infografika murakkab ma’lumotlarni tez va tushunarli ko‘rinishda yetkazishga mo‘ljallangan vositadir.

MMedia Design Group2 daqiqa o‘qish3754 marta o‘qilgan

Infografika haqida

Infografika haqida tushuncha. Infografika (lotincha infographics – ma’lumot, xabardorlik, tushuntirish, taqdimot; yunoncha grafikos – yozilgan, grapho – yozmoq) – bu axborotni grafik ko‘rinishda taqdim etish usulidir. Oddiy so‘z bilan aytganda, infografika murakkab ma’lumotlarni tez va tushunarli ko‘rinishda yetkazishga mo‘ljallangan vositadir.

Xo‘sh infografikadan foydalanishning ham asosiy maqsadi ma’lumotlarni tez va tushunarli taqdim qilish bo‘lsa, unda ularning ma’lumotlarni vizualizatsiya qilishdan nima farqi bor? To‘g‘ri, ko‘pincha “ma’lumotlar vizualizatsiyasi” va “infografika” atamalari bir ma’noda ishlatiladi. Faqat mutaxassislargina bu ikki tushuncha o‘rtasidagi farqlarni aniqlay oladi. Ba’zi ilmiy yondashuvlarda infografika ma’lumotlar vizualizatsiyasi tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi.

Bu yondashuvga ko‘ra, vizualizatsiya grafik elementlar, rasmlar, chizmalar va matnlar kombinatsiyasidan iborat axborot uzatish vositasidir. Boshqa yondashuvlarga ko‘ra, bu tushunchalar o‘ziga xos ishlab chiqish usuli, estetik xususiyatlari va ma’lumot hajmiga qarab farqlanadi. Unga ko‘ra, infografika inson dizaynerlari tomonidan yaratiladi va unda estetik yondashuv ustun bo‘ladi. Ma’lumotlar vizualizatsiyasida esa texnologik aniqlik va algoritmik yondashuv asos bo‘ladi. Infografika dekorativ elementlarga boy bo‘lsa, ma’lumotlar vizualizatsiyasi esa ko‘proq hajmdagi axborotni taqdim qilishga mo‘ljallangan.

 Infografika va ma’lumotlar vizualizatsiyasi farqi

Mezon

Infografika

Ma’lumotlar vizualizatsiyasi

Asosiy maqsad

Aniq bir g‘oyani tushunarli va jozibador tarzda yetkazish

Katta hajmdagi ma’lumotlardan naqsh va xulosalarni aniqlash

Tarkibi

Matn, piktogramma, statistik raqamlar, grafik elementlar

Asosan raqamli ma’lumotlar asosida grafik yoki interaktiv ko‘rinishlar

Dizayn roli

Yuqori. Dizayn estetikasi asosiy o‘rinda turadi

Pastroq. Dizayn funksional bo‘lib, ma’lumotni tahlil qilishga xizmat qiladi

Ma’lumot hajmi

Nisbatan kichik va oldindan tanlangan

Katta va murakkab – foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi

Ko‘p hollarda qanday bo‘ladi

Statik (PDF, PNG, plakat)

Interaktiv (grafiklar, xaritalar, dasturni o‘zida ishlatiladi)

Foydalanuvchining roli

Passiv – tayyor tahlilni ko‘radi

Aktiv – foydalanuvchi o‘zi analiz qiladi yoki ustida interaktiv ishlaydi

Tadbiq etiladigan soha

Marketing, ta’lim, ommaviy axborot vositalari

Ilmiy izlanishlar, biznes tahlili, jurnalistika, monitoring

Infografika keng doirada qo‘llaniladi, xususan, yuridika, huquqshunoslik, ta’lim, geografiya, jurnalistika, pedagogika, statistika, texnik matnlar kabi sohalarda. Infografika katta hajmdagi ma’lumotni tashkil etishi bilan birga, obyektlarning vaqt va makonga nisbatlarini aniq ko‘rsatadi hamda mavjud tendensiyalarni ifodalash imkonini beradi. Infografika ma’lumot va g‘oyalarni vizual ko‘rinishda ifodalashdir. Uning asosiy maqsadi murakkab axborotni o‘quvchiga sodda va tushunarli tarzda yetkazishdan iborat. Infografika tarkibiga faqatgina rasmlar emas, balki grafikalar, diagrammalar, tizimli jadvallar, xaritalar va ro‘yxatlar ham kiradi.

  • #data vizualizatsiya
  • #infografika

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringiz bilan ulashing.

Media Design Group

Veb-saytlar, kitob va davriy nashrlarni sahifalash, infografika, grafik dizayn va AI yechimlar.

Biz haqimizda