1-qism: maqsad belgilash
❌ Noto‘g‘ri: “Python o‘rgatadigan saytlarni ayt.”
✅ To‘g‘ri: “Python dasturlash tilini yangi o‘rganayotganlarga eng tushunarli bo‘lgan va bepul resurslarni ko‘rsat.”
Bu yerda maqsad aniq – yangi o‘rganayotganlar uchun eng tushunarli va bepul resurslarni topish. Sunʼiy intellekt javob berishda shu chegaradan chiqib ketmaydi.
Yetarlicha aniq yo‘nalish berilmagan.Shuning uchun turli darajadagilarga mos va har xil narxdagi saytlarni chiqarishi mumkin.
2-qism: natija formati
❌ Noto‘g‘ri: “saytlarga havola ham ber.”
✅ To‘g‘ri: "har bir resurs uchun quyidagilarni keltir:
resurs nomi;
ularning havolasi;
qaysi mavzular yoritilishi;
qanday qulayliklar borligi;
nima uchun aynan shu resursni tavsiya qilayotganing."
Natija ortiqcha maʼlumotlarsiz chiqishi va keraklilari qolib ketmasligi uchun talablar belgilangan.
Bu yerda natijani nazorat qilolmaysiz. Siz xohlagan maʼlumotlar o‘rniga kerak bo‘lmagan axborotlar chiqib kelishi mumkin.
3-qism: ogohlantirishlar
❌ Noto‘g‘ri: “eng yaxshilarini tavsiya qil.”
✅ To‘g‘ri: “top 3 ta tavsiya ber. Resurslar hozir ishlayotgan, havolasi to‘g‘ri va Pythonʼni endi boshlayotganlarga mos bo‘lsin.”
Bunday ogohlantiruvchi prompt yozish eski yoki ishdan chiqqan resurslarning javob sifatida kelishining oldini oladi.
Umumiylashib ketgan. Siz uchun yaxshi tavsiya qanday bo‘lishi aniqlashtirilmagan.
4-qism: kontekst
❌ Noto‘g‘ri: “saytlar o‘rganishga oson bo‘lsin.”
✅ To‘g‘ri: "o‘quvchilarim Python dasturlash tilini endi o‘rganishni boshlagan. Ular sohaga juda qiziqadi, lekin baʼzida qayerdan boshlashni bilmay, chalkashib ketadi. Ayrim o‘quvchilarim kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Boshqalari videodars va amaliy topshiriqlar orqali yaxshiroq tushunadi. Darajalari ham har xil. Ular uchun soddaroq tushuntirilgan, ishonchli manbalarni topib ber."
Vaziyatni aniqroq tushuntirib, ayni ehtiyojlaringizga mos natija olishingiz mumkin. Masalan, shu qism qo‘shilgandan keyin SI aynan bolalar uchun manbalar qidira boshlaydi.
Aynan kim uchun mos bo‘lishi kerakligi kiritilmagan. Kattalar uchun oson-u, lekin bolalarga qiyin bo‘lgan manbalar chiqarib berishi mumkin.
Xulosa
Yaxshi promptda bu elementlar bo‘lishi kerak:
Aniq maqsad – promptdan qanday natija kutyapsiz?
Natija formati – natija qanday shaklda bo‘lsin?
Ogohlantirish – nimalarni hisobga olish kerak?
Kontekst – qaysi vaziyatga mos tushsin?
Yaxshi prompt:
Python dasturlash tilini yangi o‘rganayotganlarga eng tushunarli bo‘lgan va bepul resurslarni ko‘rsat.
Har bir resurs uchun quyidagilarni keltir:
resurs nomi;
ularning havolasi;
qaysi mavzular yoritilishi;
qanday qulayliklar borligi;
nima uchun aynan shu resursni tavsiya qilayotganing.
Top 3 ta tavsiya ber. Resurslar hozir ishlayotgan, havolasi to‘g‘ri va Pythonʼni endi boshlayotganlarga mos bo‘lsin.
O‘quvchilarim Python dasturlash tilini endi o‘rganishni boshlagan. Ular sohaga juda qiziqadi, lekin baʼzida qayerdan boshlashni bilmay, chalkashib ketadi. Ayrim o‘quvchilarim kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Boshqalari videodars va amaliy topshiriqlar orqali yaxshiroq tushunadi. Darajalari ham har xil. Ular uchun sodda tushuntirilgan ishonchli manbalarni topib ber.
Yomon prompt:
Pythonʼni o‘rgatadigan saytlarni ayt. Ularga havola ham ber. Eng yaxshilarini tavsiya qil. Ular o‘rganishga oson bo‘lsin.
Agar yaxshi prompt yozish tamoyillariga amal qilsangiz, SIdan aniq va foydali javob olasiz.
- #data jurnalistika
- #sun'iy intellekt
Media Design Group
Veb-saytlar, kitob va davriy nashrlarni sahifalash, infografika, grafik dizayn va AI yechimlar.



